'YANGI FORMATDAGI “FOOD CITY” SAVDO MARKAZIDA ERTALABKI ULGURJI SAVDO YO‘LGA QO‘YILADI'

02:26 Jun 30, 2024
'#qishloqxojaligi  #agro  #vazirlik #uzbekistan  #food_city #zamonaviy_bozor  2022-yil 23-sentyabrdan 24-sentyabrga o‘tar kechasi “FOOD CITY” ulgurji bozori ochilishining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Majmua ertalab soat 03:00 dan boshlab ulgurji xaridorlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.  Eslatib o‘tamiz, ochilishning birinchi bosqichida chakana savdo yo‘lga qo‘yilgan edi. Ikkinchi bosqichda esa ulgurli savdo o‘z ishini boshlamoqda.  “FOOD CITY” majmuasida xabar qilinganidek, ulgurji sotuvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:  • Yangi va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini quruq, muzlatgichli yoki sovutkichli do‘konlarda xarid qilish/saqlash;  • “Cross-docking” xizmati – mahsulotlarni omborxonalardan foydalanmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilarning o‘zidan xarid qilish;  •  400 ta yuk va 3000 ta yengil avtomobilga mo‘ljallangan  tunu kun  faoliyat  ko‘rsatuvchi katta avtoturargoh;  •  Uzoq viloyatlardan kelgan haydovchi va savdogarlar uchun tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan mehmonxona xizmati mavjud.  Boshqa imkoniyatlar va xizmatlar haqida (+998) 55–500–00–04 telefon raqami va t.me/foodcityuz telegram-kanali orqali bilib olishingiz mumkin. https://agro.uz' 
See also:

comments